Boshlash
Diskleymer (huquqiy ekspert emasman, shunday loyihalarni ishlab chiqaruvchi dasturchi nigohidan gapiraman)
Nimalarni adashtiryapmiz? Va nima uchun?
Web qanday kelib chiqgan? Tim Berners Lee
Hozirgi web’ni (web2) muammolari
Shunda web3 bu nima?
Kriptovalyutalar qayerdan kelib chiqgan? Blockchain
web2 va web3 ning farqi
federated social network / federated messenger
blokcheyn va kriptovalyutalar ning farqi
Nima uchun vaqt o’tish bilan blokcheyn kriptovalyutalardan ajralishni boshladi?
Blokcheynda kriptovalyutalardan tashqari nimalar qilish mumkin? (korrupsiyaga uchrashi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni saqlash)
Assalomu alaykum barchaga, ismim Shaxzod va ushbu videoda web3, blokcheyn va kriptovalyutalar deganda aslida nimani tassovur qilishimiz va qanday tushinishimiz kerak degan savollarga javob bermoqchiman. Gapni boshlashimdan avval qisqacha diskleymer: man huquqiy ekspert emasman va gapirgan gaplarimni shunday loyihalarni ustida ishlaydigan dasturchini nigohidan qanday ko’rinadi deb tushunishingiz mumkin. Agar gaplarimga qo’shilmasangiz, yoki qo’shimcha savol bo’lsa izohlarda savolingizni yoki fikringizni bemalol qoldirishingiz mumkin.
Ushbu video’ni ko’pchilik internetda web3, blokcheyn va kriptovalyuta terminlarni bir biridan ajrata olmasligi va, fikrimcha, noto’g’ri qabul qilishganligi sababli yozdim.
Agar fikrimni qisqacha qilib aytganimda: Kriptovalyuta bu blokcheyn texnologiyasi ichida ishlaydigan dastur. Blokcheyn texnologiyasi esa Web3 deb nomlangan g’oyaning bir qismi.
Endi buni tushinish uchun keling birma bir keltirilgan terminlar haqida gapiramiz.
Keling Web3 g’oyasi bu nimaligini avval tushinishga harakat qilamiz. Ingilizcha vikipediyaga va tahrirchi’ning tilmoch dasturi tarjimasi’ga asoslanib aytishim mumkinki, Web3 bu Butunjahon oʻrgimchak toʻri’ning yangi iteratsiyasi g’oyasi. Va u nomarkazlashtirish, blokcheyn texnologiyalari va tokenlarga asoslangan iqtisodiyot kabi konsepsiyalarni o’z ichiga oladi. Bu so’z 2014 yil Ethereum blokcheyn hamasoschilaridan biri Gavin Wood tomonidan birinchi bo’lib ishlatildi. Albatta, buni o’qigandan juda kam narsa tushinish mumkin, shuning uchun bir-ikkita misollar bilan tushuntirishga harakat qilaman.
Tassovur qiling, siz feysbuk ijtimoiy tarmoqida o’z fikringizni yozdingiz va sizning fikringiz ko’pchilikga ma’qul kelmadi va sizning profilingizni cheklab qo’yishdi. Yoki whatsapp messenjerida shaxsiy ma’lumotlaringizni reklama beruvchilarga sotishdi. Misollarda so’z erkinligi va shaxsiy ma’lumot himoyasi ijtimoiy tarmoqlar tomonidan sizning ruxsatingizsiz cheklov yoki xavf ostiga qo’yildi. Aynan shunday holatlar ijtimoiy tarmoq ilovalarining serverlari markazlashtirilganligi sababli dasturchilar nomarkazlashtirilgan ijtimoiy tarmoqlar yaratishni boshlashgan. Hozirgi kunda Mastodon va Matrix deb nomlangan dasturlar oldinroq aytib o’tgan muammolarni yechadi.
Endi esa blokcheyn texnologiyasi ta’rifi haqida gapirsak. Yana bir bor ingilizcha vikipediyaga va tahrirchining tilmoch dasturiga murojaat qilamiz: Blokcheyn - bu kriptografik xeshlar orqali bir-biriga xavfsiz bog‘langan yozuvlar (bloklar) ro‘yxatini kengaytiruvchi taqsimlangan daftar. Blokcheynga yangi blok qo’shish konsensus, ya’ni o’zaro kelishuv orqali amalga oshiriladi. Bitcoin blokcheynida yangi blok qo’shish borasidagi o’zaro kelishuv, kim birinchi katta mehnat orqali uzun bir maxsus raqam topganligi bilan sodir etiladi va ushbu konsensus algoritmi nomi Proof of Work, tarjimada ishni tasdiqlovchi hujjat yoki mayning deb ataladi. Bekordan bekorga 5-6 yillar avval ko’pchilik videokartalar sotib olishi tufayli, ularning narxi oshib ketmagan. Chunki mayning izlaniyotgan maxsus raqamni topish uchun qilinayotgan mehnatni anglatadi. Har bir blok oldingisi bilan kriptografik xesh orqali bog’langanligi bizga ma’lumotlar butunligini va unga bildirilmasdan o’zgartirish kiritilmaganligini beradi.